• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

IHQX bo'sh ish o'rinlari

07 Fevral 2023, 8:52 18485

“Olmaliq KMK” АJ Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining quyidagi bo'sh ish o'rinlariga rezyumelar qabul qilinadi.

1. Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati (Angren) 6-komanda 1-darajali o‘qchi 

Oylik ish haqi - “Olmaliq KMK” АJ xodimlarning mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasiga asosan;

Kerakli ish staji – talab etilmaydi;

Bandlik – smenali ish.

Talablar:

  • Doimiy yashash joyiga ega;
  • O‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan;
  • Mol-mulkka tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan;
  • Safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni yoki haqiqiy harbiy xizmatni o‘tab boʼlgan, 18 yoshga to‘lgan, 45 yoshdan oshmagan erkaklar, 40 yoshdan oshmagan salomatlig holati bo‘yicha yaroqli bo‘lgan ayollar;
  • Nutq qobiliyati;
  • Davlat va rus tillarida ravonlik (chet tili – ingliz tilini bilish afzal ko‘riladi);

Shartlar :

  • Kelgusida ushbu sohada muvaffaqiyyatga erishgan nomzodga oylik ish haqi va ijtimoiy imtiyozlarni ko‘paytirish masalasi koʼrib chiqiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama (suhbat) yakunida kelishiladi.

Majburiyatlari:

  • Ob’yektlar qo‘riqlanishini va tashilayotgan yuklarning saqlanishini ta‘minlash bo‘yicha qonun hujjatlariga katʼiy rioya kilish;
  • mol-mulkni o‘g‘irlagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lish, quriqlanayotgan mol-mulkning o‘g‘irlanishi yoki buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xo‘jasizlik va beparvolik namoyon bo‘lishining har qanday koʼrinishiga o‘z vaqtida munosabat bildirish;
  • Ruxsat berish va obʼyekt ichki rejimlari buzilishining oldini olish va ularga barham berish tadbirlarini amalga oshirish;
  • Obʼyektlar va mol-mulkni qoʼriqlashni hamda huquqqa zid tajovuzlardan himoya qilishni taʼminlash;
  • Qoʼriqlanadigan obʼyektlarda jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarga barham berish;
  • Qoʼriqlanadigan obʼyektaarga noqonuniy kirgan shaxslarni qidirish va ushlash;
  • Qoʼriqlanadigan obʼyektlarda favqulodda hodisalar hamda texnogen va tabiiy tusdagi vaziyatlarning oldini olishda va ularni tugatishda belgilangan tartibda qatnashish;
  • Rejimli-maxfiy organ binosiga kirish huquqisiz davlat sirini va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil etadigan maʼlumotlar saklanishini taʼminlash tadbirlarini oʼtkazishda qatnashish;
  • Huquqni muhofaza qilish organlariga oʼzlariga yuklangan vazifalarni hal etishda oʼz vakolatlari doirasida koʼmaklashish;
  • Oʼziga ishonib topshirilgan xizmat quroli, xizmat guvohnomasi, maxsus va texnik vositalar, formali kiyim-bosh, mol-mulkni ehtiyot qilish va ularni soz holatda saqlash;
  • Oʼzlariga yuklangan vazifalarni bajarishga halol va vijdonan munosabatda boʼlish, intizomli boʼlish, oʼz kasbiy bilimlarini doimo oshirib borish;
  • Tegishli dasturlarda belgilangan shaxsiy jangovar xizmat, ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasini taʼminlash;
  • Xizmat vazifalarini bajarishda egallab turgan lavozimiga muvofiq belgilangan formali kiyim-boshni kiyish va farqlash belgilarini taqish;
  • Boshliqlarning buyruq va vazifalarini soʼzsiz, aniq va oʼz vaqtida bajarish;
  • Oʼz vazifalarini qatʼiy bilish va ongli ravishda bajarish, qoʼriqlanadigan obʼyektni va uning xususiyatlarini bilish, oʼz kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirish;
  • Tashabbuskorlik va topqirlikni koʼrsatish;
  • Intizomli boʼlish, davlat va xizmat sirlarini qatʼiy saqlash;
  • Texnik qoʼriqlash vositalarini va boshqa mulkni avaylash va doimiy ravishda jangovar tayyorgarlikda ushlab turish;
  • Xizmat hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya kilish;
  • Yongʼin xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
  • Qoʼriqlanayotgan obʼyektda tartibni taʼminlashda korxona mansabdor shaxslariga koʼmaklashish.
  • IHQX xodimlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni xam bajaradilar.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini taʻminlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yilning 7-9 fevral kunlari quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • harbiy guvohnoma;
  • pasport.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon ma’lumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Ma’lumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyume YUKLAB OLISH

Bo`lishmoq:
Text to speech