Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi boʻsh ish oʻrinlari

17 Avgust 2023, 12:24 9870

“Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi (IOB) tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalariga quyidagi vakansiyalar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

1. MTM tarbiyachisi

  • Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: ish tajribasi talab etilmaydi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • Davlat ta’lim dasturi, kunlik ish rejasi, bolalar yoshiga muvofiq bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash boʻicha ishlarni tashkil etish va oʻtkazish;
  • Oʻz guruhidagi har bir bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olish va ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, ularning individual xususiyatlarini oʻrganish;
  • Individual rivojlanish xaritalarida oʻquvchilarni kuzatish natijalarini oʻz vaqtida aks ettirish, olingan natijalarni tahlil qilish, keyingi ta’lim va tarbiya ishlarini belgilash;
  • Ta’lim jarayonini mavzuli rejaga, bolalarning yoshiga muvofiq oʻz vaqtida rejalashtirishni amalga oshirish;
  • Ish rejaga muvofiq bolalar bilan ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan didaktik va oʻyin materiallarini oldindan tayyorlashni amalga oshirish, ularni jihozlash va bolalar uchun qulay joyga joylashtirish;
  • Kun tartibini bajarish, tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq ta’lim-tarbiyaviy ishlarni bajarish;
  • Ish rejasiga muvofiq barcha turdagi faoliyatlarning bajarilishini ta’minlash, tegishli rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish;
  • Bolalar bilan ishlashda innovatsion pedagogik texnoligiya, ilgʻor tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • Tarbiyachi ish hujjatlarini oʻz vaqtida toʻldirish, me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirish, uni ozoda saqlash, ish joyida boʻlishini taʻminlash;
  • Me’yoriy hujjatlarda belgilangan muddat davomida zarur hujjatlar va materiallarning saqlanishini ta’minlash;
  • Uslubiy materiallarni toʻplash, uni rivojlanish sohalari boʻyicha tasniflash, estetik va sanitar talablar asosida saqlanishini amalga oshirish;
  • Shifokor va tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga muvofiq bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Talablar:

  • Ma’lumot – oliy, maktabgacha ta’lim yoʻnalishida;
  • Bolalar bilan muloqot qilish qobiliyati;
  • Ota-onalar bilan muloqot qilish qobiliyati;
  • Faoliyat samaradorligini baholash;
  • Foydalanuvchi darajasida shaxsiy kompyuterdan foydalanish;
  • Ish faoliyatida axborot-kommunikativ texnoligiyalardan foydalanish (AКТ);
  • Orgtexnikadan foydalanish.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Muomala madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.

 

2. Katta hamshira

  • Oylik ish haqi - “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi.
  • Talab qilinadigan ish tajribasi: mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yil.
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Mas'uliyat:

  • Yillik va oylik rejalarga muvofiq ishlarni tashkil etadi.
  • Bolalarni shifokor koʻrigidan oʻtkazishda koʻmaklashadi, tor mutaxassislar tomonidan joriy tekshiruvlar va kasbiy koʻriklardan soʻng shifokor koʻrsatmalarining bajarilishini nazorat qiladi.
  • Shifokor koʻrsatmasi boʻyicha chiniqtirish tadbirlarini tashkil qiladi va oʻtkazadi (sxema, chiniqtirish jadvallari, chiniqtiish tartiblari, choʻmilish nazorati); laboratoriya tekshiruvlari uchun na`munalar oladi, bolalarni oʻz vaqtida emlash uchun yuboradi, agar kerak boʻlsa, rejadan tashqari emlashni tashkil qiladi va oʻtkazadi.
  • Bolalarda shikastlanishning oldini olish boʻyicha tadbirlar oʻtkazadi.
  • Maktabgacha ta'lim muassasasida sanitariya va epidemiyaga oid tadbirlarni tashkil etadi va amalga oshirilishini nazorat qiladi (dezinfektsiyali eritmalar bilan ishlash - ONA eritmani tayyorlaydi, dezinfektsiyali eritmani guruhlarda toʻg'ri tayyorlash va ishlatish, idishlarni yuvish, guruhlarda yumshoq va qattiq jihozlar belgilanishini nazorat qilish, bolalarni pedikulyoz uchun tekshirish, ertalabki filtrni oʻtkazish va boshqalar).
  • Joriy va umumiy tozalashning muntazamligi va sifatini, tozalash uskunalarida belgilash mavjudligini va uni saqlash shartlarini nazorat qiladi.
  • Yuqumli kasalligi boʻlgan be`morlar bilan aloqada boʻlganlar uchun epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qiladi, joriy dezinfeksiya oʻtkazadi, kontakt guruhlarida kuzatuv oʻtkazadi.
  • Bolalarning, ayniqsa, sog'lig'ida og'ishi boʻlgan bolalarning sog'lig'ini tizimli monitoringini olib boradi, belgilangan vaqtda muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning jismoniy tarbiyasi va jismoniy rivojlanishining toʻg‘ri tashkil etilishi ustidan muntazam monitoring olib boradi (ertalabki gimnastikani nazorat qilish, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish va oʻtkazish, antropometrik oʻlchovlar).
  • Muntazam ravishda zarur tibbiy hujjatlarni yuritadi.
  • Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning toʻg'ri ovqatlanishini tashkil etishni nazorat qiladi va javobgar shaxs hisoblanadi.
  • Ishlab chiqarish uskunalari, oshxona va ovqatlanish anjomlari, kesish taxtalarining jihozlanishini: ularning belgilanishini, saqlash shartlari nazorat qiladi.
  • Idishlarni, oshxona anjomlarini va ishlab chiqarish uskunalarining tozalanish ishlarini tashkil etadi, yuvish va dezinfektsiyalash vositalarining mavjudligi va ishlatilishini nazorat qiladi; oshxona va ovqatlanish anjomlari hamda idishlarni sifatli yuvish; joriy va umumiy tozalashning muntazamligi va sifati, tozalash uskunalarida belgilash mavjudligi, uni saqlash shartlari, oziq-ovqat chiqindilarini yig'ishni nazorat qiladi.
  • Tasdiqlangan taxminan 10 kunlik taomnoma va taomlarning kartotekasi mavjudligini amalga oshiradi.
  • Kundalik taomnomalarni tayyorlaydi.

Talablar:

  • Ma`lumot: oʻrta maxsus, tibbiy.
  • Ish tajribasi: mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yil.

Koʻnikmalar:

  • bolalar bilan ishlash;
  • tibbiy muolajalarni bajarish;
  • favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam;
  • samaradorlikni baholash;
  • shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • ofis jixozlaridan foydalanish.

Maxsus tayyorgarlik:

  • mutaxassislik kurslarida.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Muloqot, harakatchanlik, stressga chidamlilik, punktuallik.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini taʻminlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yilning 17-21-avgust kunlari quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarcha;
  • diplom, guvohnoma.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyume YUKLAB OLISH 

Bo`lishmoq:
Text to speech