• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

IOB bo'sh ish o'rni

03 Fevral 2023, 10:0 11795

“Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi (IOB) tasarrufidsagi maktabgacha ta’lim muassasalariga quyidagi vakansiyalar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

1. MTM tarbiyachisi

  •  Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: ish tajribasi talab etilmaydi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • Davlat ta’lim dasturi, kunlik ish rejasi, bolalar yoshiga muvofiq bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash boʻicha ishlarni tashkil etish va oʻtkazish;
  • Oʻz guruhidagi har bir bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olish va ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, ularning individual xususiyatlarini oʻrganish;
  • Individual rivojlanish xaritalarida oʻquvchilarni kuzatish natijalarini oʻz vaqtida aks ettirish, olingan natijalarni tahlil qilish, keyingi ta’lim va tarbiya ishlarini belgilash;
  • Ta’lim jarayonini mavzuli rejaga, bolalarning yoshiga muvofiq oʻz vaqtida rejalashtirishni amalga oshirish;
  • Ish rejaga muvofiq bolalar bilan ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan didaktik va oʻyin materiallarini oldindan tayyorlashni amalga oshirish, ularni jihozlash va bolalar uchun qulay joyga joylashtirish;
  • Kun tartibini bajarish, tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq ta’lim-tarbiyaviy ishlarni bajarish;
  • Ish rejasiga muvofiq barcha turdagi faoliyatlarning bajarilishini ta’minlash, tegishli rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish;
  • Bolalar bilan ishlashda innovatsion pedagogik texnoligiya, ilgʻor tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • Tarbiyachi ish hujjatlarini oʻz vaqtida toʻldirish, me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirish, uni ozoda saqlash, ish joyida bo’lishini taʻminlash;
  • Me’yoriy hujjatlarda belgilangan muddat davomida zarur hujjatlar va materiallarning saqlanishini ta’minlash;
  • Uslubiy materiallarni to’plash, uni rivojlanish sohalari boʻyicha tasniflash, estetik va sanitar talablar asosida saqlanishini amalga oshirish;
  • Shifokor va tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga muvofiq bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Talablar:

  • Ma’lumot – oliy, maktabgacha ta’lim yo’nalishida;
  • Bolalar bilan muloqot qilish qobiliyati;
  • Ota-onalar bilan muloqot qilish qobiliyati;
  • Faoliyat samaradorligini baholash;
  • Foydalanuvchi darajasida shaxsiy kompyuterdan foydaanish;
  • Ish faoliyatida axborot-kommunikativ texnoligiyalardan foydalanish (AКТ);
  • Orgtexnikadan foydalanish.

Asosiy ko’nikmalar:

  • Muomila madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.

2. Tarbiyachi-uslubchi

  •  Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: mutaxassislik bo’yicha kamida 3 yil
  • Bandligi: to’liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari faoliyatini joriy va davomiy rejalashtirish va nazorat qilish;
  • Maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasini, kun tartibini, mashg’ulotlar jadvalini tayyorlashda ishtirok etish;
  • Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubiyot xonasi ishini tashkil etish: uslubiyot xonasini ilmiy-pedagogik adabiyotlar, didaktik qo’llanmalar, ishlanmalar, AKT materiallari bilan to’ldirish, mavjud materiallarni tahlil qilish, tizimlashtirish, kartotekani yuritish, uslubiy materialning xavfsizligini ta’minlash. Pedagogik jamoa uchun axborot stendlarini loyihalash, ularning materiallarini o’z vaqtida yangilanishini ta’minlash;
  • MTMning yillik ish rejasiga muvofiq mavzuli stendlar va ko’rgazmalarni loyihalashtirish;
  • Davlat ta’lim dasturini amalga oshirish uchun mutaxassislar, musiqa rahbarlari va tarbiyachilarning ish rejalarini tekshiring;
  • Bolalarni tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik tajribalarni oʻrganish, umumlashtirish va targʻib qilish, tarbiyachilar oʻrtasida tajriba almashishni tashkil etish;
  • Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, AKT, kadrlar bilan ishlashning innovatsion shakllaridan foydalangan holda tarbiyachilarning pedagogik mahoratini oshirishga koʻmaklashish;
  • "Ustoz va shogird" maktabi ishini tashkil etish va nazorat qilish, tajribasiz tarbiyachilarga mashgʻulot va kun tartibi boʻyicha boshqa faoliyat turlarini tayyorlash va oʻtkazishda, bolalar jamoasida qulay muhit yaratish va oila bilan hamkorlik qilishda uslubiy yordam koʻrsatish. Ta’lim jarayonining turli shakllaridan foydalanish, ogohlantiruvchi nazorat orqali tajribasiz tarbiyachilarning ishini nazorat qilish;
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarining uslubiy birlashmalari va IOB maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan tashkil etilgan uslubiy tadbirlarda tarbiyachilar va mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash;
  • Ta’limiy vazifalarning bolalarning yoshiga qarab oʻzlashtirilishini nazorat qilish: vaqti-vaqti bilan bolalarning bilimlarini tekshirish, yillik rejaga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini tezkor, mavzuli, qiyosiy va yalpi nazorat qilish, olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish.

Talablar:

  • Ma’lumot – oliy, maktabgacha ta’lim yo’nalishida;
  • Bolalar bilan muloqot qilish qobiliyati;

Asosiy ko’nikmalar:

  • Muomila madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik;
  • Bolalarga e’tiborli boʻlish, ota-onalar va jamoa bilan muloqot qilish davomida muammoli vaziyatlarni bartaraf eta olish.

3. Musiqa rahbari

  •  Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  •  Talab etiladigan ish tajribasi: ish tajribasi talab etilmaydi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Davlat ta’lim dasturi hamda maktabgacha ta’lim va ta’lim davlat standartlari talablariga muvofiq musiqa mashgʻulotini oʻtkazish;
  • Maktabgacha ta’lim muassasasining yillik ish rejasiga muvofiq musiqiy tadbirlarni oʻtkazish;
  • Quyidagilarni shakllantirish: har chorakda istiqbolli ish rejasi; amaldagi oʻquv dasturini hisobga olgan holda haftalik ish rejasi;
  • Musiqiy faoliyatning turli shakllari va turlaridan, shuningdek zamonaviy pedagogik texnologiyalar, AKT, ilgʻor pedagogik tajribadan foydalangan holda bolalarda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirishni amalga oshirish;
  • Pianinoni chalish texnikasini professional tarzda oʻzlashtirish. Musiqa mashgʻulotini uslubiy talablarga, kun tartibiga, mashgʻulotlar jadvaliga, bolalarning yoshiga muvofiq oʻtkazish;
  • Tarbiyachilar bilan musiqiy, teatr muhitini tashkil etish koʻnikmalarini oʻrgatish, musiqiy ta’lim masalalari boʻyicha ota-onalar bilan ishlash;
  • Musiqa mashgʻulotida turli xil koʻrgazmali atributlar, obyektlar, qoʻllanmalar, didaktik oʻyinlar va mashqlar, AKTdan foydalanish, buning vositasida bolalarda tinglash, qoʻshiq aytish, musiqiy ritmik harakatlar, bolalar musiqa asboblarini chalish, musiqiy va ijro mahoratini rivojlantirishga yordam berish;
  • Musiqa mashgʻulot, koʻngil ochish soatlari, bayramlar uchun didaktik materialni oldindan tayyorlash (oʻtkazishdan oldin), bolalar uchun qulay joyda joylashtirish;
  • Bayramlar, koʻngil ochish soatlari, tematik mashgʻulotlar uchun zarur boʻlgan atributlar, oʻyinlar, musiqa zalining bezak elementlarini yaratish;
  • Har bir bolaga nisbatan shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni amalga oshirish;
  • Belgilangan muddatlarda bolalarning musiqiy ta’lim boʻyicha ta’lim dasturining vazifalarini oʻzlashtirishi monitoringini olib borish, olingan natijalarni tahlil qilish asosida bolalarning Maktabgacha ta’lim va ta’limning Davlat standartlarini amalga oshirish boʻyicha keyingi ishlarning yoʻnalishlarini aniqlash. Natijalarni hisobot shaklida tuzish, uni maktabgacha ta’lim muassasasining uslubchisiga oʻz vaqtida taqdim etish. Monitoring natijalarini musiqa zalining axborot stendida aks ettirish;
  • Maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartlarini bajarishning oʻrtacha yoki yuqori darajasiga ega boʻlgan bolalar bilan toʻgarak ishlarini olib boorish;
  • Musiqiy va teatrlashtirilgan koʻngil ochish soatlarining tematik rejasini tuzish, uslubchiga oʻz vaqtida taqdim etish;
  • Bolalarning yoshiga qarab, ularni uslubchi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tekshirish uchun oʻz vaqtida taqdim etish.

Talablar:

  • o’rta-mahsus yoki oliy musiqiy ta’lim;
  • fortepianoni chalish;
  • bolalar bilan muloqot qilish;
  • ommaviy tadbirlarni tashkil etish.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Muomila madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.

 4. Nutq oʻqituvchisi

  • Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  •  Talab etiladigan ish tajribasi: ish tajribasi talab etilmaydi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • Bolalarning nutqidagi kamchiliklarni aniqlaydi, tashxis qoʻyadi, tibbiy-pedagogik komissiyaga roʻyxatni taqdim etadi;
  • Nutqdagi kamchiliklarni tuzatish boʻyicha ish rejasini ishlab chiqadi va uni uslubchi yoki maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlaydi, mashgʻulotlar jadvalini tuzadi;
  • Oʻquv yilining boshida nutqida nuqsoni boʻlgan har bir bolani tekshiradi, tekshiruv natijalarini nutqni rivojlantirishning individual xaritasida batafsil qayd etadi;
  • Nutqiy kamchiliklarini tuzatish va bartaraf qilish boʻyicha bolalarga individual ta’lim beradi;
  • Togʻri talaffuzni shakllantirish uchun nutq terapiyasi mashgʻulotlarini oʻtkazadi;
  • Bolalarning ota-onalari bilan yaqin aloqada ishlaydi, ishning borishi va yutuqlari haqida xabar beradi, axborot stendlarini tuzadi;
  • Kerakli hujjatlarni, mashgʻulotlar uchun uslubiy ishlanmalarni, hisobotlarni oʻz vaqtida olib boradi.

Talablar:

  • Bakalavr darajasidan kam boʻlmagan oliy (defektologiya fakultetining logopediya yoki maktabgacha pedagogika yoʻnalishi)
  • Bolalar bilan muloqot qilish qobiliyati;

Asosiy koʻnikmalar:

  • Muomila madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.
  • Bolalar bilan ishlash usulini va bolaning nutqini rivojlanish darajasini aniqlashda sabrli va xushmuomala, doʻstonalik va muloyimlik, ehtiyotkorlik.

5. Bosh oshpaz 

  • Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: oshpaz kasbi boʻyicha kamida 3 yil;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • MTT kun tartibiga, ovqat tayyorlash texnologiyasiga muvofiq o'z vaqtida, xushxo`r taom tayyorlanishini ta'minlaydi;
  • Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlash va o'z vaqtida ishlatish ustidan nazoratni ta'minlaydi;
  • SanQvaM 0348-17ga muvofiq xom va pishgan mahsulotlarni gigienik qayta ishlash qoidalariga rioya qilish;
  • Har bir kun uchun taomnoma tayyorlashda ishtirok etadi, omborchidan oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qiladi, to'g'ri saqlash va ularni sarflash uchun javobgardir;
  • Shaxsan taom qabul qilish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini qo'yadi va taom qabul qilish jarayonini tashkillashtiradi;
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda birlamchi va issiqlik bilan ishlov berishni amalga oshiradi;
  • Oshxonadan tayyor ovqatni guruhlarga ajratish jadvaliga qat'iy rioya qiladi, tayyor ovqatni bolalarga qo'yiladigan oziq-ovqat normasiga muvofiq guruhlarga ajratadi va tarqatadi;
  • Oshxonaning sanitariya me'yorlariga asosan faoliyat yuritishini nazorat qilish va standartlarga muvofiq oshxona jihozlarining xavfsizligi va sozligini ta`minlash;
  • Ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va yoqiqlik-energetik kompleksini tejash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • Oshxonaning sanitariya-epidemiologik rejimini va idishlarni qayta tozalashni nazorat qilish.

Talablar:

  • Ma’lumot: oshpaz yoki jamoat ovqatlanishi yoʻnalishidagi kasbiy oʻrta-maxsus

 Asosiy koʻnikmalar:

  • Muomila madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini taʻminlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yilning 3-7 fevral kunlari quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • mehnat daftarchasi;
  • Diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon ma’lumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Ma’lumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyume YUKLAB OLISH

Bo`lishmoq:
Text to speech