“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti boʻsh ish oʻrinlari
07 Mart 2023, 8:54
12282
“Olmaliq KMK” AJ “Olmaliqmetallurgqurilish” trestiga quyidagi boʻsh ish oʻrinlari uchun rezyumelar qabul qilinadi:
1. Muhandis - texnolog
Majburiyatlari:
- Qurilish ishlarini loyiha-smeta hujjatlari va moddiy resurslar bilan o 'z vaqtida ta'minlash.
- Moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish maqsadida ularni normalash.
- Ta'mirlash ishlari va mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish boʻyicha uchastka va sex ishini yakunlash.
Talablar:
- Qurilish mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumoti.
- Ushbu sohada 3 yildan kam boʻlmagan ish staji.
Asosiy koʻnikmalari:
- Moddiy-texnika resurslari (temir-beton va metall konstruksiyalar) hisob-kitoblarini ishlab chiqarish.
- Qurilishda tajriba (chizmalarni oʻqish va boshqalar).
- Maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish.
- Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash.
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
Shartlar:
- Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi
2. Qurilish montaj ishlari boʻyicha usta
Majburiyatlari:
- Belgilangan vazifalarni eng kam moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlar bilan bajarish.
- Mehnat unumdorligi va bajarilgan ishlar sifatini oshirish va qurilish-montaj ishlarining tannarxini pasaytirish.
- Mehnatkashlarda jamoaviylik, topshirilgan ish uchun yuksak mas'uliyat tuygʻularini tarbiyalash.
- Ish joylarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik va sanoat xavfsizligini ta'minlash va shart-sharoitlarni yaratish.
Talablar:
- Qurilish mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumoti.
- Qurilish sohadasida 3 yildan kam boʻlmagan ish staji.
Asosiy koʻnikmalari:
- Qurilish sohasida tajriba (chizmalarni oʻqish va boshqalar).
- Ishlab chiqarishni tashkil etish.
- Bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilish.
- Smeta hujjatlarini rasmiylashtirish.
- Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash.
- Bajarilgan ishlarni dalolatnomalarini tuzish (F-2, F-3) va uning hisobotini olib borish.
Shartlar:
- Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.
-
3. Smetachi
Majburiyatlari:
- Belgilangan reja maqsadlariga muvofiq ritmik ishlarni ta'minlash.
- Prognoz koʻrsatkichlarini bajarish, qurilish-montaj ob’ektlarini me’yoriy va loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlashda har tomonlama koʻmaklashish.
- qurilish-montaj ishlarini bajarishda moddiy resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni ta'minlash.
Talablar:
- Qurilish mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumoti.
- Ushbu sohada ish tajribasi.
Asosiy koʻnikmalari:
- Smeta xujjatlarini tuzish.
- Chizmalar, smetalar va yoʻriqnomalar bilan ishlash.
- Byudjetni shakllantirish usullari.
- WORD, EXCEL, AUTOCAD va boshqa shunga oʻxshash dasturlardan foydalanuvchi darajasida bilish.
- Orgtexnikadan foydalanish.
- bajarilgan ishlarni dalolatnomalarini tuzish (F-2, F-3) va xisobotini olib borish.
Shartlar:
- Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini taʻminlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yilning 7-12 mart kunlari quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- mehnat daftarchasi
- diplom
- pasport
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi.
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .
Rezyume YUKLAB OLISH