TTB bo'sh ish o'rinlari
10 Mart 2023, 8:38
10259
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Texnologik transport boshqarmasining quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga rezyumelar qabul qilinadi.
BelAZ-75131 avtomobili haydovchisi
Oylik ish haqi: faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi.
Kerakli ish tajribasi: yuk ko'tarish qobiliyati 30 tonnadan yuqori bo'lgan avtomobillarda mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil;
Bandlik: to'liq ish kuni.
Vazifalar:
- kon massasini tashish uchun naryad olish;
- transport butligini saqlash;
- avtosamosval yo'l varaqalarini rasmiylashtirish;
- avtomobilga yoqilg`i moylash materiallarini quyish;
- tibbiy ko'rikdan o'tish;
- avtosamosvalni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish;
- ichki mehnat tartib qoidalariga, mehnat muhofazasi yo`riqnomalariga va korxonaning ichki me'yoriy hujjatlariga rioya qilish.
Talablar:
- B, C toifali haydovchilik guvohnomasi;
- BelAZ-7513 avtomobilini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma;
- yuk ko'tarish qobiliyati 30 tonnadan yuqori bo`lgan avtomobillarda mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil;
- o'rta yoki o'rta-maxsus ma'lumot.
Asosiy ko'nikmalar:
- Yo'l harakati havfsizligi qoidalari va avtomobillarni texnik ekspluatasiya qoidalarini bilish;
- Xizmat ko'rsatuvchi yuk avtomobillarining qo'llanishi, tuzilishi, harakatlanish prinsipi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ish faoliyatini bilish;
- batareyali akkumulyator va avtomobil shinalaridan foydalainish qoidalarini bilish;
- texnik xizmat ko'rsatish tartibi hamda avtomobillarni garajda va ochiq avto turargohlarda saqlash qoidalarini bilish;
- yo`l transport hodisalarini oldini olish choralarini bilish;
- avtomobillardan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etishni va uning sabablarini aniqlashni bilish;
- Ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi choralarini bilish;
Shartlar:
- kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
- hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yil 10-martdan 17-martgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- mehnat daftarchasi;
- haydovchilik guvohnomasi;
- BelAZ avtomobilini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .
Rezyume YUKLAB olish