• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Olmaliq KMK Boshqaruv raisining Vatan himoyachilari kuniga tabrigi

13 Yanvar 2023, 18:4 1189

Qadrli O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar, harbiy xizmatchilar va soha fidoiylari!

Sizlarni har yili mamlakatimizda keng nishonlanib kelinadigan 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etaman!

Davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalar kabi Milliy armiyamizda ham o‘tkazilgan islohotlar sabab, bugun Qurolli kuchlarimiz zamonaviy, kuchli harbiy tuzilmaga aylandi.

Joriy yilning 8-yanvar kuni Global Firepower Index tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan harbiy salohiyati bo‘yicha davlatlar reytingida O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi Sobiq ittifoq davlatlari orasida beshinchi, dunyoda esa 145 ta davlat orasida 62-o‘rinda qayd etilganini alohida ta'kidlash joiz.

Bu esa o‘z navbatida davlatimiz tomonidan harbiy sohaga alohida e'tibor qaratilganligini ko‘rsatmoqda. Zero, bugungi kunda dunyodagi murakkab geosiyosiy vaziyat ham sarhadlarimizning mustahkamligini yana kuchaytirishni taqazo etmoqda. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, «Milliy xavfsizlikni ta'minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqishimiz zarur.

Shu o‘rinda deputat va senatorlarimiz, mahalla, nuroniy, xotin-qizlar va yoshlar faollariga, butun xalqimizga qarata aytmoqchiman: eng bebaho oliy ne'mat — tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetaylik, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu ulug‘ boylikni asrab-avaylaylik!

Shu maqsadda biz yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berishimiz kerak.

Yosh avlodimizni ana shunday barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz.»

Darhaqiqat, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni tarbiyalashda buyuk bobokalonlarimizning ko‘rsatgan jasoratlarini ibrat qilsak arziydi.

Tariximizga nazar tashlar ekanmiz, dunyoni fath etgan, harb ilmining yetuk namoyondalari buyuk sarkarda bobolarimiz Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Boburlarning Vatanni sevish va sadoqat bilan unga xizmat qilish kabi fazilatlari yoshlarimizga ibrat maktabini o‘tashi shubhasiz.

Shu o‘rinda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis kompleksida o‘z xizmat vazifalarini o‘tayotgan Mudofaa vazirligining Toifalangan ob'yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismi harbiylarining ham mehnatlarini alohida e'tirof etish zarur.

Shuningdek, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida tunu kun xizmat yuritib kelayotgan Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash xizmati mehnat jamoasiga ham tashakkur bildiraman.

Fursatdan foydalanib, Chegaralarimiz daxlsizligi va tinchligimizni ko‘z qorachig‘idek himoya qilib kelayotgan Vatanimiz posbonlariga ezgu tilaklarimni bildiraman.

Tobora keskinlashib borayotgan murakkab sharoitda sharafli burchingizni bajarishda metin iroda tilayman.

Xonadonlaringizga tinchlik,oilaviy xotirjamlik, mustahkam sog‘liq tilab qolaman. Sizlar bor ekansiz, mamlakat osuda, uyimiz tinch. Vatan yo‘lida ko‘rsatayotgan mardliklaringiz tahsinga loyiq. Yana bir bor bayram muborak bo‘lsin!

Abdulla Xursanov,

«Olmaliq KMK» AJ boshqaruvi raisi, senator

Bo`lishmoq:
Text to speech