• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yangi O‘zbekistonda inson qadri, xalq manfaatlari - oliy qadriyat

31 Avgust 2022, 13:47 2704

Hurmatli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnatkashlari, ishlab chiqarishimiz faxriylari, olmaliqliklar!

Bugun biz har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun ahamiyati beqiyos bo‘lgan mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini kutib olmoqdamiz.

Dunyodagi iqtisodiy inqiroz sababli kelib chiqqan keskinlashgan raqobat, turli qarama-qarshiliklar va kelishmovchiliklarga qaramasdan yangi O‘zbekistonni bunyod etishda biz quvonarli natijalarga erishmoqdamiz.

Respublikamiz fuqarolarining fikrlashlari va dunyoqarashlari o‘zgarib bormoqda, hamyurtlarimiz davlatimizda yuz berayotgan islohotlar natijalarini har kuni amalda his qilishmoqda, yutuqlarimiz tobora dunyo hamjamiyatining e'tirofiga sazovor bo‘lib borayapti. Birinchi navbatda qo‘lga kiritilgan yutuqlarni tub islohotlar bilan mustahkamlashga yo‘naltirilgan Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimiz rivojlanishining bosh omili bo‘lib qoldi. Uning asosiy maqsadi - insonning huquq va erkinliklari, qadri va g‘ururini ta'minlashdir.

Strategiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalar mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, jamiyatimizda millatlararo do‘stlikni, hamjihatlik va konfessiyalar o‘rtasida tolerantlikni mustahkamlashga turtki beradi.

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksalishiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ulkan hissa qo‘shib kelmoqda, uning mehnat jamoasi o‘z tajriba, bilim va kasbiy mahoratini investitsiya dasturlarini amalga oshirish yuzasidan yuklatilgan vazifalarni bajarishga, qazib olish va qayta ishlash, tayyor mahsulotlar, shu jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar hajmini oshirishga yo‘naltirib bormoqda.

Yil boshidan buyon “Olmaliq KMK” AJ tomonidan tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 117,4 foizga ortig‘i bilan bajarildi. Hisobot davrida 623,4 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirildi, bashorat 133,5%ga bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli OKMK talabgir va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ishonchli hamkor sifatida butun jahonga tanildi. Bugunga kelib mahsulotlarimiz dunyoning 27 ta davlatiga sotilmoqda.

Shuni ta'kidlab o‘tish zarurki, so‘nggi besh yil ichida kombinat mehnatkashlari katodli misni 40%ga, oltinni 17,2%ga, kumushni 63,6%ga, mis quvurlarini 33,7%ga, rux ishlab chiqarishni 19%gacha oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Mahsulotlar eksporti yig‘indi yaxlit hisobi 2,5 barobardan oshdi.

Davlat geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi, xorijlik kompaniyalar va ular qatorida dunyoga mashhur SRK kompaniyasi bilan hamkorlikda kombinat tomonidan korxonaning xom ashyo bazasini kengaytirish, rudalarni qazib olish va qayta ishlash, keyinchalik tayyor mahsulotlar hajmini oshirish yo‘lida doimiy va keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Yetti oy davomida mahalliylashtirish dasturi doirasida 162 mlrd. so‘mlik 102 ta loyiha amalga oshirildi yoki bu bashoratga nisbatan 125,4%ni tashkil qildi, shu jumladan 31,6 mlrd. so‘mlik 32 ta yangi turdagi mahsulotlar o‘zlashtirildi.

Bizning barcha qayta tashkilotchilik ishlarimiz mamlakatimiz hukumati va shaxsan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlashiga sazovor bo‘lmoqda. Bu bizga tobora ishonch bilan olg‘a borish, istiqbollarni belgilash va ularni amalga oshirishga yordam beradi.

Bugungi kunga kelib kombinatda eng yirik - “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi amalga oshirilayapti, uning doirasida qiymati 2 milliard dollarni tashkil qiladigan 3-MBFni qurish ishlari olib borilmoqda, karyerni qurish yakuniga yetkazilayapti, rudalarni tashish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni olish ishlarida band bo‘ladigan boshqa bo‘linmalarning tayyorlanishi va barcha texnologik zanjirlarning ishchanligi ta'minlanmoqda.

MBF, MEZ, Rux zavodida asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini qayta jihozlash ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Bugunning o‘zidayoq uskunalarning ish samaradorligi ortib borayotgani kuzatilayapti, yonilg‘i-energetika manbalari tejamkorligiga erishilmoqda, sanoat xavfsizligi va mehnat sharoitlari yaxshilanishi sezilarli darajada ko‘zga tashlanmoqda.

Tashkil etilgan Mis klasteri doirasida yuqori qiymatli mahsulotlar assortimentini kengaytirishni davom ettirib borayapmiz. Uni rivojlantirish konsepsiyasi Kanadaning HATCH konsalting kompaniyasi jalb etilgan holda ishlab chiqildi.

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasini 2022-2026 yillarda rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi va mamlakatimiz hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, mazkur dastur korxonada 30 ga yaqin loyihalar amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.

Bugungi kunga kelib Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Ingichka” volfram kon maydoni texnogen chiqindilarini qayta ishlashga jalb etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hademay, yaqin vaqt ichida o‘z volfram konsentratimizni olishga muvaffaq bo‘lamiz!

Kombinat jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, shu jumladan, xorij oliygohlari bilan hamkorlikda mavjud faoliyat yuritayotgan texnologiyalarni takomillashtirish, shu bilan birga yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish bo‘yicha keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. OKMK mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya asosida platinaning birinchi tajriba partiyasi olindi, mazkur ishlanma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi intellektual mulk agentligida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Indiyning birinchi partiyasi Rux zavodining laboratoriya sharoitlarida ishlab chiqildi.

Barcha sexlar va bo‘linmalarda “Raqamli OKMK-2030” Dasturi keng miqyosda amalga oshirilmoqda, jarayonlarni avtomatlashtirish ishlab chiqarishga yana ham chuqurroq kirib borayapti.

Faoliyatimiz turi bo‘yicha yirik hajmdagi ishlarga qaramasdan, Olmaliq va korxonalarimiz joylashgan rayonlarning ijtimoiy bazasini mustahkamlash masalalari bilan ham shug‘ullanishda davom etmoqdamiz. Xususan, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasining 39-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'mir ishlari yakunlandi, tibbiy-sanitar qism va oilaviy poliklinikada kapital-ta'mir ishlari boshlab yuborildi, qayta rekonstruksiya qilingan “Moviy tog‘lar” dam olish zonasi ochilishiga tayyorgarlik ketmoqda va bu kabi misollarni davom ettirish mumkin. Shuningdek, Jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan ijtimoiy yordamlar to‘liq hajmda berib borilmoqda. Mehnatkashlar farovonligini oshirish bo‘yicha vazifalar amalga oshirib borilayapti: yil davomida ish haqlari oshirildi, ikki marotaba bayramlarga bir martalik mukofotlar berildi, ayollarga to‘lanadigan mukofot puli ham yaxshi an'anaga aylandi.

Shahrimizni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shu jumladan, “Yashil makon” dasturi doirasida ko‘p qavatli uylar hududlari va shahar ko‘chalarida tartib, ozodalikni saqlab borish borasida katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda

OKMKda yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar alohida e'tirofga molikdir. Yangidan-yangi uskunalar, yangi texnologiyalar va IT dasturlar, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi - bularning barchasi takomillashgan yangi bilimlar va ko‘nikmalarni talab qiladi, ayni vaqtda bunyod etilayotgan obyektlar hademay yuzlab yangi mutaxassislarning ish joyiga aylanadi, ularni tayyorlashga esa bugundan kirishilgan. Biz yoshlarga alohida urg‘u bergan holda mamlakatimiz, yaqin va uzoq xorij davlatlarining yetakchi oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus bilim muassasalari bilan hamkorlikni davom ettirib kelmoqdamiz, bu o‘quv maskanlarining bitiruvchilari shaksiz, bizning jamoamiz safiga kelib qo‘shilishadi. Bundan tashqari, malaka oshirish, qayta tayyorlash, ikkinchi kasbni egallash borasida yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqilmoqda va qabul qilinmoqda, shuningdek, xodimlar bilim darajasini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkillashtirilmoqda.

Bayram arafasida bizning ko‘p ming kishilik haqiqiy professionallar jamoasining har bir vakili - Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari harakatining barcha faol a'zolariga matonatli mehnatlari uchun chin yurakdan tashakkurimni bildiraman

Mustaqillik kuni bilan muborakbod etar ekanman, kombinatning barcha mehnatkashlari, ular oila a'zolari, hurmatli faxriylarimiz va hamshaharlarimizga sihat-salomatlik, baxt, omad va yangi zafarlar tilayman! Tinchlik, do‘stlik bizning ko‘p millatli tolerant jamiyatimizning abadiy asosiy poydevori bo‘lib qolsin! Mustaqil Vatanimiz musaffo osmon ostida gullab-yashnayversin!

Abdulla XURSANOV,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi, senator

Bo`lishmoq:
Text to speech