Ishonch telefoni
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy texnik innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ratsionalizatorlik ishlanmalarni keng joriy qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 2-4 may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘i hududida “MSITF-2024” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazilishi belgilangan.
Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat olib borayotgan 30 yoshgacha boʻlgan kimyo sohasida faoliyat olib boruvchi oliy ma’lumotli mutaxassislar oʻrtasida “Eng yaxshi yosh kimyogar” tanlovi oʻtkazildi.
Joriy yilning 30-aprel kuni kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh boyituvchi - 2024” kasb mahorat tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida “Olmaliq KMK” AJ yosh ishchi-xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida hamda kombinatimizning 75 yilligi munosabati bilan iqtidorli yoshlar o‘rtasida “OKMK iste’dodlarni kashf etadi” shiori ostida “OKMK iste’dodi” ko‘rik tanlovi start oldi.
Joriy yilning 28 fevral kuni kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi yosh mexanik-2024” kasb mahorat tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bugun dunyo tahlikali va tahdidli. Eng ayanchlisi esa, globollashuv ma'naviy qadriyatlarni yutib yubormoqda. Daraxt ildizidan ayro bo‘lsa, uning yashay olmasligini juda yaxshi bilamiz, huddi shunday millat ham ildizidan uzoqlashar ekan, dunyo oldida o‘rinsiz qolishi tayin.
Ma'lumki jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishning eng samarali yo'li bu profilaktik tushuntirish ishlaridir.
Joriy yilning 22-yanvar kuni “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti kasaba uyushmasi qo‘mitasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston Yoshlari birlashaylik” shiori ostida "O‘zbekiston yoshlar mamlakati" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi mehnat jamoasida 2023-yilda uytuqlarga erishgan yoshlarni taqdirlash tadbiri tashkil etildi.
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2-Mis boyitish fabrikasida "Vatan himoyasi har bir yigit uchun sharaf" shiori ostida tadbir o'tkazildi.
Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida yosh mutaxassislarning zahirasini shakllantirish, ularning bilim va salohiyatini oshirish maqsadida “Eng yaxshi yosh mutaxassis-2023” tanlovi tashkil etildi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 19-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Ayni kunlarda OKMK tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yoshlar o‘rtasida mamlakatimiz rahbari nutqining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.