• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Abdurauf - "Eng yaxshi yosh rahbar"

02 Iyun 2022, 10:20 2001

OKMK Yoshlar ittifoqi Yetakchilar Kengashi tashabbusi bilan O‘quv markazi, OKMK Xodimlar bilan ishlash xizmati, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida tashkil etilgan "Eng yaxshi yosh rahbar - 2022" ko‘rik tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil etilib, 1-bosqichda ishtirokchilar 60ta mantiqiy savollarga 20 daqiqada javob berishlari talab etildi. 2-bosqichda esa yurtimiz tarixi, olib borilayotgan islohotlar, kombinatdagi investitsion loyihalar asosida tuzilgan test savollariga javob izlashdi.

3-bosqichda ishtirokchilar insho yozishda o‘z fikrini ravon va chiroyli bayon eta olishlari, husnixati, imlo xatolarga yo‘l qo‘ymasligi va albatta dunyoqarashi sinovdan o‘tkazildi.

Tanlovning yakuniy bosqichida esa rahbarlik ko‘nikmalarini shakllantiruvchi, yuzaga kelgan qiyin vaziyatdan qanday chiqib ketishni o‘rgatuvchi keys savollar ishtirokchilarga berildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi sharafini himoya qilgan Abdurauf Mirzakarimov "Eng yaxshi yosh rahbar", deya e'tirof etildi.

Mis boyitish fabrikasi vakili Ulug‘bek Alimov ikkinchi o‘rinni, Chodak kon boshqarmasi vakili Elyorxon E'zozxonov esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘oliblari “Yoshlar kuni” bayramida qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech