• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Eng yaxshi yosh elektrchilangar

20 Iyul 2022, 10:35 1500

Kuni kecha Markaziy ta'mirlash mexanika zavodining Yoshlar ittifoqi kengashi va Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi hamkorligida yosh ishchi-xodimlar o‘rtasida «Eng yaxshi elektrchilangar -2022» kasb mahorat tanlovi tashkil etildi.

Yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish, sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘yish va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi.

Dastavval ishtirokchilar o‘z kasblari bo‘yicha nazariy savollarga javob berishgan bo‘lsa ikkinchi bosqichda amaliy topshiriqlarni bajarishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 1 - o‘rinni Mexanik yig‘uv sexi ishchisi Ruslan Fattaxudinov  egalladi. 2 - o‘ringa yuqorida shu sexning yana bir vakili  Sardor Abduhakimov munosib topildi. Faxrli 3 - o‘rin va MTMZning 2022 yildagi eng yaxshi yosh elektr chilangari nomiga avtotransport va maxsus texnikalarni ta'mirlash sexi ishchisi Shorahmat Turchaev loyiq ko‘rildi.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech