• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Husan keyingi bosqichda

30 Yanvar 2023, 13:33 1557

Joriy yilning 27-yanvar kuni Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida “Balli yigitlar” tanlovining saralash bosqiichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Mexanika yig‘uv sexidan Sarvar Akmalov, Temirchilik payvandlash sexidan Sanjar Otaboyev, Quyuv sexidan Xondamir Badriddinov, Ta'mirlash mexanika uchastkasidan Husan Usmonqulov va Avtotransport va texnikalarni ta'mirlash sexidan Dilshod Usmonqulovlar qatnashishdi.

Avvaliga, yigitlarning epchilligi sinovdan o‘tkazildi. Yani ular turnikda tortilish, turgan joydan uzoqlikka sakrash kabi shartlar bo‘yicha belashdilar. Bu shartda eng yuqori balni Husan Usmonqulov qo‘lga kiritdi.

Navbatdagi shartda ishtirokchilarga 10 tadan savol berildi. Yigitlarning huquqiy bilimlari uchun har bir to‘g‘ri javob 1 baldan baholab borildi. Bunda Sarvar Akmalovga teng keladigani bo‘lmadi. U 10 ta savoldan 8 tasiga aniq javab topdi.

Tanlovning so‘ngi bosqichi, tanishtiruv va erkin mavzu bo‘lib, bu shart MTMZ mehnatkashlarining haqiqiy iqtidorlarini yuzaga chiqarishga imkon yaratdi.

O‘z navbatida qatnashuvchilarning qobiliyati va tayyorlangan materiallarning ko‘pligi Hakamlar hay'atiga ham juda katta mas'uliyat yukladi. Chunki ular orasidan g‘oliblikka nomzodlarni tanlab olish oson bo‘lmadi.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan bellashuvda g‘oliblik i Ta'mirlash mexanika uchastkasi ishchisi Husan Usmonqulov qo‘lga kiritdi. Endilikda Husan kombinat miqyosida bo‘lib o‘tadigan “Balli yigitlar” tanlovida zavod sharafini himoya qiladi.

Tadbir so‘nggida g‘olib ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech