• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"OKMK xavfsiz mehnat tarafdori"

19 Aprel 2022, 8:29 1596

15-aprel kuni Mis eritish zavodida 28-aprel Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan "Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi kengashi, Mis eritish zavodi Kasaba uyushmasi mehnat muhofazasi komissiyasi  hamda  kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamkorlikda ishchi-xodimlar oʻrtasida "OKMK xavfsiz mehnat tarafdori" shiori ostida "Zakovat" oʻyini oʻtkazildi.

Ushbu murosasiz bahslarda belgilangan nizomga koʻra jami 35 yoshgacha boʻlgan 10ta jamoa ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 3-oʻrinni Misni elektrolizlash sexi jamoasi egalladi. 2-oʻringa Metallurgiya sexi jamoasi  munosib ko’rildi. Yaqqol ustunlik bilan Oltin va kumushni afinajlash sexi jamoasi go`liblikni qoʻlga kiritdi.

Jamoalar Kasaba uyushmasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

M. Jurayev,

Mis eritish zavodi Kasaba uyushmasi mehnat muhofazasi komissiyasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech