• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“O‘zbekiston vatanim mening”

19 Avgust 2022, 14:56 1106

70 yildan oshiq tarixga ega OKMK  metallurgiya va sanoat sohalarida ko‘plab malakali mutaxassislarni yetishtirgan va tarbiyalab kelayotgan ulkan korxonadir. Ta'kidlash kerakki, ishlab chiqarish bo‘linmalaridagi har bir jarayon nafaqat chuqur bilimni balki malaka va tajribani ham talab etadi.

Mehnat faoliyatida ustoz-shogird an'anasi asosida vazifalarning bajarilishi yuqori samaradorlikka ega. Tajriba almashinuv esa  bu borada o‘ta ahamiyatli.

Soha vakillarini qo‘llab quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoatida pensionerlar va faxriylarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan KONCHILIK VA METALLURGIYA SANOATI FAXRIYLARI KENGASHI faoliyati bu borada  ko‘plab tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Kengashning Olmaliqdagi hududiy filiali a'zolari tomonidan navbatdagi uch avlod uchrashuvi joriy yilning 17 avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston – vatanim mening” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

OKMK Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasida uzoq yillar o‘z faoliyatini olib borgan faxriylar ishtirokidagi uchrashuvning avvalida boshqarma xodimlari hamda kon-metallurgiya  kolleji o‘quvchilari uzoq tarixni o‘zida aks ettiruvchi “Metallurg” madaniyat saroyidagi kombinat muzeyida bo‘lishdi.

Bir manzilda yig‘ilgan uch avlod vakillarining samimiy suhbati avvalida mamlakatimiz o‘tmishini ifoda etgan lavha namoyish etildi.

Shundan so‘ng, faxriylar STTBda uzoq yillik mehnat faoliyatining o‘ziga xosliklari, davr muhiti va bugungi imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Temiryo‘l sohasidagi tajribali mutaxassislar, mehnat faxriylari ishtirokidagi davra suhbatida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Mehnat faxriylari va yoshlar Qalmoqqir konida ham bo‘lishib, kondagi texnologik jarayon bilan yaqindan tanishishdi.

Uchrashuv so‘nggida yoshlar faxriylarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi. Zero, faxriylarni qadrlash yoshlarni hayotni qadrlash demakdir.

Uchrashuvda yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarimiz hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech