• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"QVZ" saralash bosqichining navbatdagi o‘yini bo‘lib o‘tdi

19 Iyul 2022, 9:25 1642

Kuni kecha "Metallurg" Madaniyat saroyida "QVZ" yumoristik tanlovi saralash bosqichining yana bir o‘yini bo‘lib o‘tdi, unda OKMK tarkibiy bo‘linmalarining yoshlari bilimdonlik, zukkolik va topqirlik bo‘yicha bellashdilar.

Joriy mavsumda kombinat yoshlaridan iborat jami 16ta jamoa ishtirok etmoqda. 15 iyul kuni 3-guruhning 2-mis boyitish fabrikasining "Boyituvchilar", mis boyitish fabrikasining "Voy-dod!”,  Qalmoqir kon boshqarmasi yoshlaridan iborat "Konchilar" va avtomobil transport boshqarmasining yoshlar terma jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Tanlov avvalida odatga ko‘ra "Tanishtirish" sharti o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini va jamoasini taqdim etishdi. So‘ngra ishtirokchilar "Savol-javoblar" va "Musiqiy chiqishlar" shartlari bo’yicha bellashdilar.

Barcha shartlar natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Qalmoqir kon boshqarmasining "Konchilar" jamoasi, ikkinchi o‘rinni esa avtomobil transport boshqarmasining yoshlar terma jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkala jamoa ham keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichining so‘nggi o‘yini shu yilning 22 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech