• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sardor - eng yaxshi elektr gazpayvandchi

29 Aprel 2022, 13:24 1522

OKMK Issiqlik elektr markazida Yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida elektr gazpayvandchilar o‘rtasida ko‘rik tanlov tashkil etildi.

28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar nazariy va amaliy shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Hakamlarning hay'atining qaroriga ko‘ra, Qozon-turbina sexi elektr gazpayvandchisi Nizomiddin Xatamov 3-o‘rinni egalladi. Issiqlik ta'minoti va yer osti kommunikasiyalari sexi elektr gazpayvandchisi Sardor Imomaliev esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Qozon-turbina sexi elektr gaz payvandchisi Sardor Abduvaliyev esa eng yaxshi elektr gazpayvandchi ekanligini isbotladi.

G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Abdulla Nabiyev,

IEM Yoshlar ittifoqi raisi

Sarvar Kalamxodjayev,

IEM Kasaba uyushmasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech