• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Shashka bo’yicha bahslar bo’lib o’tdi

28 Mart 2022, 16:37 2015

"Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi kengashi va OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida sportning shashka turi bo‘yicha Yoshlar spartakiadasi-2022 doirasida musobaqa o‘tkazildi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yurituvchi 30 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar alohida o‘tkazilgan musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi.

Yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rinni Sherzod Samsakov (Angren kon boshqarmasi) egalladi. 2-o‘ringa Sardor Safarov(Mis boyitish fabrikasi) loyiq ko‘rildi.

3-o‘rin esa 2-Mis boyitish fabrikasi vakili Sarvarjon Jamalovga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasidagi o‘tkazilgan musobaqada Sevara Alikulova(Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi) Durdona Nasrullayeva(Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi) Xumora Oblakulova(Mis boyitish fabrikasi) kuchli uchlikdan joy olishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech