• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Xondiza kon boshqarmasida tanlovlar

12 Dekabr 2022, 8:28 1314

"Xondiza" kon boshqarmasi Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida bir qator tanlovlar tashkil etildi.

Jumladan “Eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil” tanlovida ishtirokchilar o‘z sohalari bo‘yicha 10 ta savolga yozma javob berishlari talab etildi.

Har bir savolga javob 1 ballik tizimda baholab borildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, kon boshqarmasi texnik nazorat xizmati nazoratchisi Sh.Husanov 6,2 ball to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ish taqsimlash xonasi” tanlovi ham o‘tkazildi.

Tanlov nizomiga ko‘ra “Eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ish taqsimlash xonasi”sini aniqlash uchun ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh tomonidan Boyitish fabrikasida mavjud ish taqsimlash xonalari  o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, texnologlarning ish taqsimlash xonasi “Eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ish taqsimlash xonasi” nominasiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Dilmurod Qosimov,

Xondiza kon boshqarmasi Yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech