• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Yosh dasturchi” ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi

30 Noyabr 2022, 13:52 823

Joriy yilning 24-noyabr kuni OKMK Yoshlar ittifoqi hamda Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi hamkorligida “Yosh dasturchi” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda Olmaliq shahar yoshlari hamda kombinat korxonalarida mehnat qilayotgan yoshlar ishtirok etishdi.

Tanlovda ishtirokchilar nazariy va amaliy shaprtlarni bajarishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘oliblikni Angren kon boshqarmasidan Akmaljon Jamoliddinov qo‘lga kiritdi.

MTTU MISiS Olmaliq filiali talabasi Fayzulloh Mannobov ikkinchi o‘rini egalladi.

Xususiy korxona ishchisi Otabek Nurmatov esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech