• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Yosh kitobxon"

17 Iyun 2022, 16:11 1316

Kuni kecha "Metallurg" ma’daniyat saroyida 30 iyun - "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Olmaliq KMK" AJ Yoshlar ittifoqi kengashi va Yoshlar agentligi Olmaliq shahar boʻlimi tomonidan  "Yosh kitobxon" koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

 Tanlovni tashkil etishdan maqsad yoshlarda kitobxonlikni targʻib etish, ular ma’naviyatini yuksaltirish, kelajak avlod qalbida kitobga boʻlgan qiziqish va muhabbatni yanada rivojlantirish iborat.

Tanlovda OKMK tarkibiy boʻlinmalari ishchi-xodimlari va Olmaliq shahrining faol yoshlari ishtirok etishdi. Ular 3 ta shart boʻyicha bellashishdi va bahslar juda qizgʻin kechdi.

Tanlov natijalariga koʻra,  1 oʻrinni Texnologik transport boshqarmasi vakili  Sirojiddin Saylodinov egalladi.

2 oʻringa  Gʻolibjon Azimjonov( Olmaliq shahar) loyiq koʻrildi.

3 oʻringa Iroda Akmalova (Innovasiya markazi)  va Umida Abdumalikova (Markaziy tahlil laboratoriyasi)larga nasib etdi.

Gʻoliblar 30 iyun -  "Yoshlar kuni"ga bagʻishlangan tadbirda diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech