• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yoshlar velomarafonda

24 Iyun 2022, 10:38 1172

Velosiped. 1865 yilda ilk bor AQSHda Per Lalamon tomonidan patentlangan ushbu ixtiro 1,5 asrdan buyon insoniyatning sevimli va foydali uloviga aylanib ulgurdi. Sogʻliq uchun juda koʻp foydalari ilgari surilgan velosiped nafaqat uzogʻimizni yaqin qilishga, balki oʻzimizga boʻlgan ishonchimizni ortishiga, ham tashqi, ham ruhiy holatimiz yaxshilanishiga, salomatligimizning mustahkamlanishiga ham beminnat xizmat qiladi. Shu boisdan boʻlsa kerak velosiped ishtirokida oʻtkaziladigan velomarafonlar katta jamoatchilik tomonidan qiziqish bilan kutib olinadi.

30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan 2022 yil 21 iyun kuni  OKMK sport majmuasida  kombinat Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq boʻlimi hamkorligida “Biz sogʻlom turmush tarafdorimiz” shiori ostida velomarafon oʻtkazildi.

OKMK sport majmuasida boʻlib oʻtgan velomarafonda shahrimizning va kombinatning 80 ga yaqin yoshlari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqa ishtirokchilari OKMK sport majmuasi yoʻnalishi boʻylab ikki kilometrga yaqinroq masofani bosib oʻtishdi.

Musobaqa yakuniga koʻra, uchinchi oʻrinni OKMK Sanoat temiryoʻl transporti boshqarmasi xodimi Muhammad Nishonboev qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2-oʻrin ham kombinat xodimi Marsel Garifulinga nasib etdi.

Mutlaq gʻoliblik esa Soʻfi Olloyor mahalla fuqorolar yigʻinidan yashovchi Mis boyitish fabrikasi elektromontyori Ozodbek Normatovga nasib etdi.

Gʻolib va sovrindorlar “Yoshlar kuni” arafasida diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech