A- A A+

Tadbirlar

Vazifa mas’uliyatlilikda bajarildi

on .

“Olmaliq KMK” AJ Xonjiza kon boshqarmasi Boyitish fabrikasida fabrika ishchi-xodimlari, fuqaro muhofazasi tuzilmalari, 5-XYoXQ hamda FVV Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani bo’limi ishtirokida tabiiy ofatlar, zilzilalar oqibatida sodir bo’ladigan halokatlar, elektr tarmoqlarida sodir bo’ladigan qisqa tutashuvlar oqibatida yuzaga keladigan yong’inlarning oldini olish va ularni bartaraf etish yuzasidan o’quv-amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

O’quv-amaliy mashg’ulotda yosh ishchi-xodimlardan tashkil topgan ko’ngilli yong’inni o’chirish guruhi, tibbiyot guruhi, qutqaruv guruhi, ko’chirish guruhlari ham qatnashadilar. Mashg’ulot afsonasiga ko’ra, sodir bo’lgan zilzila natijasida korxonaning Quritish qozonlari sexida elektr tarmoqlaridagi qisqa tutashuv oqibatida yong’in kelib chiqadi. Fabrika ishchilari tomonidan dispetcherlik xizmatiga berilgan xabarga muvofiq, fuqaro muhofazasi tuzilmalari, yong’in xavfsizligi hamda tez yordam xizmatlari yordamga chaqiriladi. O’z vaqtida yetib kelgan qutqaruvchilar va xizmatlar vakillari fabrikaning ko’ngilli yong’in o’chirish, tibbiyot va qutqaruv guruhlari bilan hamkorlikda bino ichidagi ishchi-xizmatchilarni ko’chirish, ya’ni evakuatsiya qilish, yong’inni bartaraf etish va qutqaruv ishlarini olib borishib, jabrlanganlarga shifokorgacha birinchi yordam ko’rsatadilar. Yosh bo’lishlariga qaramastdan guruh a’zolari yuqoridagi vazifalarni chaqqonlik, uddaburonlik va mas’uliyat bilan yondoshgan holda amalga oshirishadi.

O’quv-amaliy mashg’ulot yakunida fuqaro muhofazasi tuzilmalari, 5-XYoXQ hamda FVV Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani bo’limi va xizmatlari, korxonaning qutqaruv guruhlarining mashg’ulot nuqtalaridagi harakatlari, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida ularni bartaraf etish borasida qator chora-tadbirlar belgilab olindi. Va Boyitish fabrikasida amalga oshirilgan o’quv-amaliy mashg’ulot qoniqarli deb baholandi.

Tashkil etilgan bunday tadbirlar yoshlarda tabiiy ofatlar natijasida ro’y beradigan noxush holatlarda o’zlariga bo’lgan ishonchni yo’qotmaslikka va insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi shubhasiz.

 Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech