A- A A+

Tadbirlar

OKMK rusiyzabon KVN ochiq ligasining birinchi yarim finali

on .

Rusiyzabon Quvnoqlar va zukkolar KVN klubi o’z ixlosmandlarini 2019 Ochiq Ligasiga yana bir bor «Metallurg» madaniyat saroyi zalida yig’di.

21-noyabr kuni birinchi yarim final doirasida to’rtta jamoa o’zaro bahs olib borishdi. Markaziy ta’mirlash mexanika zavodining «Endorfin», Qalmoqqir kon boshqarmasining «Karer-siti», Avtomobil transporti boshqarmasining «Na kolesax», «Ammofos-maxam» ochiq aksiyadorlik jamiyatining «Alximiki» jamoalari kulgu olamida nimalarga qodirligini isbot etishdi.

Shunisi quvonarliki, «Olmaliq KMK» aksiyadorlik jamiyatining «SMAK» terma jamoasi respublika KVN oliy ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan edi. Shu munosabat bilan, musobaqani boshlashdan oldin Kombinat rahbariyati hamda Kasaba uyushmalari qo’mitasi nomidan jamoa a’zolariga 5 million so’mlik yutuq chiptasi hamda «Oltin olma» dam olish maskaniga yo’llanma tantanali ravishda taqdim etildi.

Shundan so’ng, quvnoqlar va zukkolar bellashuvining qizg’in bahslari boshlanib ketdi. Yarim final uchrashuvida jamoalar uchta shart bo’yicha kuch sinashdilar: birinchisi, an’anaviy tabriklash ikkinchisi, fotosuratlar orqali chigilni yozish hamda uchinchisi uy vazifasi.

Jamoalarning har bir chiqishi tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo’ldi. Hakamlar hay’atiga ham kuchlilar ichida eng kuchli jamoani aniqlash oson bo’lmadi. Chunki yarim final ishtirokchilarining har biri o’ziga xos uslubda jamoasining yakdil obrazini ko’rsatib bera oldi.

Yakuniy xulosalarga ko’ra, Qalmoqqir kon boshqarmasining «Karer-siti» jamoasi eng ko’p ball jamg’arib, dekabr oyida bo’lib o’tadigan finalga yo’llanma oldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech