A- A A+

Tadbirlar

Buyuk ajdodlarimiz yod etildi

on .

OKMK  "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti  rahbariyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda yoshlar ittifoqi hamkorligidan   buyuk bobokalonimiz, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavallud ayyomlariga bag’ishlab badiiy  kecha tashkil etildi.

Ushbu ijodiy kechada trest yoshlari, "Metallurg" madaniyat saroyi xodimlari tomonidan sahna ko’rinishlari namoyish etildi. G’azallar, ruboiylar va qo’shiqlar tadbirga yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi. Shuningdek, tresti ishchisi Botir Mirzoning qalamiga mansub "Bobur nolasi" she’ri barchaga manzur bo’ldi.

Tadbir so’ngida trest kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan  bir qator faol yoshlarga esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Sayyora Djuraeva,

Trest kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning  tavallud ayyomlariga bag’ishlangan tadbir OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi o’rtasida ham tashkil etildi.

Tadbirda korxona yoshlari va adabiyotsevar ishchi-xodimlar ishtirokidagi tadbirda buyuk ajdodlarimizning g’azalllari  ijro etildi.

Sherzod Ahmedov,

Birlashma  kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech