A- A A+

Tadbirlar

Sizga bo’lsin barcha yaxshilik va ezgulik, aziz ayollar!

on .

Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go’zal va maftunkor. Yangilanish, yosharish fasli bo’lgan bahorda mo’’tabar ayollarimizning kunini nishonlashda ham bir hikmat bor.

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bugun “Metallurg” madaniyat saroyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat qilayotgan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov barcha munis  va muhtarama ayollarimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi.

8  mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan OKMK boshqaruvi raisining buyrug’iga ko’ra, kombinat korxona-tashkilotlarida mehnat qilayotgan bir guruh ayollar mukofotlandi. Xususan, ularning 9 nafariga uchinchi darajali “Konchilik shuhrati” ko’krak nishoni, 28 nafariga Faxriy yorliq, 57 nafariga esa qimmatbaho sovg’alar tuhfa etildi.

Bayram tadbirining badiiy qismida xonanda Alijon Isoqovning diltortar taronalari barchaga manzur bo’ldi.

Ayniqsa, taniqli opera qo’shiqchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, Qoraqalpog’iston xalq artisti Jenisbek Piyazovning xonishlari olqishlarga sazovor bo’ldi.

Taniqli so’z ustasi, qiziqchi Valijon Shamsiyevning ichakuzdi hangomalari barchaga xushkayfiyat bag’ishladi.

QVZ bo’yicha kombinat terma jamoasi a’zolarining ham chiqishlari muxlislar e’tirofini qozondi.

Shuningdek, “Metallurg” MS badiiy dastalari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi ham tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech