A- A A+

Tadbirlar

Maktab internatida Navro’z bayrami

on .

Olmaliq shahar 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida Navro’z umumxalq bayrami karantin qoidalariga rioya etilgan holda nishonlandi.

Ushbu muassasa OKMK Sanoat temiryo’l transport boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan bo’lib, tadbirda boshqarma boshlig’i Bunyod Qurbonov bolajonlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Shundan so’ng, maktab tarbiyalanuvchilari milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi, o’zlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturini namoyish etishdi.

Shuningdek, bayram tadbiridan so’ng, bolajonlar uchun STTB xomiyligida dasturxon yozilib, milliy taom bo’lgan osh tortildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech