A- A A+

Tadbirlar

Geologlar kuni munosib nishonlandi

on .

Davlatimiz rahbari tomonidan 2018 yil imzolangan qonunga muvofiq, aprel oyining birinchi yakshanbasi – O’zbekiston Geologiya sohasi xodimlari kuni sifatida yurtimizda keng nishonlanishi belgilab qo’yilgan edi.

Kuni kecha OKMK faoliyatining asossiy bo’g’inini tashkil qiluvchi geologlar o’zlarining kasb bayramini tantanali ravishda nishonlashdi. Kombinat rahbariyati tashabbusi bilan o’tkazilgan mazkur tadbirda "Olmaliq KMK" AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov ishtirok etib, mas’uliyatli kasb egalarini samimiy qutladi.

Shuni qayd etish joizki, geologiya sohasi rivoji va istiqboli kombinatning porloq kelajagi garovidir. Shu munosabat bilan, geolgiya sohasi rivojida o’zining jonbozligini ko’rsatib kelayotgan bir guruh soha vakillari kombinatning yuksak maqomiga sazovor bo’lishdi. Jumladan, “Qalmoqqir” kon boshqarmasining bosh geologi Xo’janazar Sohibov, geologiya qidiruv partiyasining gidrogeologi Abduqayum Akkulov, “Markaziy” karyeri uchastka geologi Ramazon Habibiullayev, Angren kon boshqarmasi “Qizil olma” shaxtasining ma’dan zaxiralari qidiruvi bo’yicha yetakchi geologi Abdukarim Rahimov, Angren kon boshqarmasi bosh geologi Zokir Namozov, “Ko’chbuloq” shaxtasi geologi Zahiriddin Qo’shboyev, “Razvedochnaya” shaxtasining geologi Shavkat Shadimatov va Ohak zavodining Sovuqbuloq karyeri geologi Gulnora Mirzayevalar III darajali “Konchilik shuhrati” ko’krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Shu kuni yana bir guruh soha vakillari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Ko’tarinki ruhda bo’lib o’tgan bayram tadbiri “Metallurg” MS ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan kuy-qo’shiqlar va rang-barang raqslar bilan yanada o’zgacha joziba kasb etdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech