A- A A+

Tadbirlar

Ijodiy kecha

on .

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan madaniyat oyligi doirasida joriy yilning 3 aprel kuni “Metallurg” madaniyat saroyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda shahar hokimligi hamkorligida ijodiy kecha tashkil etildi.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda o’zbek kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan o’tkir syujetli drama “Baron” filmida yirik narkobaron, Mardonboy obrazini gavdalantirgan aktyor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi, rejissyor Iso To’rayev bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida kerak bo’lmagan o’rinlarda javobsiz savollarni tug’diradigan, oldiga qo’yilgan savollarga javob berib, giyohvandlikka yo’q deya olgan “Baron” filmidan lavha namoyish etildi.

Shundan so’ng, uchrashuvga yig’ilgan barcha kino va teatr ixlosmandlari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir davomida Olmaliq shahar madaniyat bo’limi qoshidagi “Ufq” havaskorlik teatr jamoasi ijrosida Nasrullo Norqobilning “To’da” pesasidan parcha keltirilgan spektakl namoyishi bo’lib o’tdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech