A- A A+

Tadbirlar

QVZ loyihasi start oldi

on .

Prezidentimizning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbusi”ni kombinat va Olmaliq shahri yoshlari o’rtasida targ’ib etish maqsadida kombinat boshqaruvi raisi A.Xursanovning buyrug’i asosida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga binoan kombinat va shahar yoshlari o’rtasida bir qator tadbirlar o’tkazilishi belgilangan edi.

Jumladan, 12 aprel kuni ushbu dastur doirasida “Quvnoqlar va zukkolar” yangi mavsumi start oldi. Dastlabki o’yinda OKMK Markaziy ta’mirlash mexanik zavodi yoshlaridan tashkil topgan “Bojalar”, “Ammofos-Maksam” AJ yoshlarining “Quvnoq yoshlar” hamda uyushmagan yoshlarning “Respekt” jamoalari ishtirok etishdi.

Pandemiya bois joriy etilgan karantin tufayli uzoq tanafusdan so’ng o’tkazilgan QVZning ilk o’yinida jamoalar jamiyatdagi muammolarni va ularga yechimni o’tkir yumor ostida tomoshabinlarga yetkazib berishga harakat qilishdi.

Jamoalar tashrif, rasmli savolga javob berish va musiqali chiqish kabi shartlar bo’yicha bellashdilar.

O’yin yakuniga ko’ra, “Bojalar” jamoasi 14,6 ochko bilan “Respekt” jamoasi esa 11,6 ochko bilan chorak final yo’llanmasini qo’lga kiritishdi.

Eslatib o’tamiz, bu yilgi mavsumda 30ta jamoa bellashadi.

Jahongir Usmonqulov,

OKMK QVZ loyihasi rahbari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech