A- A A+

Tadbirlar

Viloyat madaniyat va san’at xodimlari kasb bayramlarini nishonlashdi

on .

2020 yil 26 may kuni Prezident madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o’rni va ta’sirini yanada oshirish bo’yicha farmonni imzoladi. Unga ko’ra, 15 aprel “O’zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilindi.

Bugun ushbu sana munosabati bilan “Metallurg” madaniyat saroyida viloyatimiz madaniyat va san’at xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov soha vakillarini samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, tadbir davomida viloyat hokimligi tomonidan sohaning bir guruh faol xodimlari Faxriy Yorliq va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

E’tiborlisi, taqdirlanganlar orasida OKMK “Metallurg” MS direktori Sahobiddin Yunusaliyev hamda shahar madaniyat bo’limi boshlig’i Shahnoza Normatovalar ham bor.

Olmaliq shahar madaniyat bo’limiga taqdim etilgan avtobus bayramga o’ziga xos sovg’a bo’ldi.

Tadbirning badiiy qismida O’zbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati bo’limi xonandalarining dilrabo taronalari, “Metallurg” MS badiiy dastalarining chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat bag’ishladi. Ayniqsa, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist va Qoraqalpog’iston xalq artisti Jenisbek Piyazovning xonishlari hamda estrada xonandasi Bahriddin Zuhriddinov ijrosidagi sho’x-shodon qo’shiqlar tomoshabinlarga olqishiga sazovor bo’ldi.

  

Sherzod Tilovberdiyev

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech