Tadbirlar

Shoirni xotirlab

on .

Noyob iste’dod egasi, jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni muallifi Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi yurtimizda she’riyat muxlislari tomonidan keng nishonlanmoqda. Jumladan, joriy yilning 15 aprel kuni “Metallurg” madaniyat saroyida shoirning hayoti va ijodiga, xotirasiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha OKMK rahbariyati va kombinat ma'naviyat va ma'rifat kengashi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda OKMK bosh muhandisining ilm-fan bo’yicha o’rinbosari Abdurashid Hasanov va kasaba uyushmalari kengashi tassarufidagi badiy kutubxona xodimi Gulbahor O’razbayevalar so’z olib, Abdulla Oripovning yoshligi, hayoti va ijodi to’g’risidagi bir qator ma’lumotlar bilan o’rtoqlashishdi.

Tadbir davomida  Abdurashid Hasanov shoirning “Onajon” she’rini yod oldi.

Abdulla Oripov o’zbek she’riyatiga o’tgan asrning 60-yillarida, sobiq sovet jamiyatida esa boshlagan yangi shabadaning elchisi sifatida kirib keldi. U dastlabki she’rlaridan boshlab milliy she’riyatda yangi poetik tafakkurning qaror topishi yo’lida ijod qilganligi, tadbirda ta’kidlandi.

Shuningdek badiiy kecha davomida shahrimiz maktab o’quvchilari tomonidan shoir ijodiga mansub  she’rlar yod olingan bo’lsa, “Metallurg” madaniyat saroyi xonanadalari esa uning mashhur bo’lgan ijod namunalari asosida yaratilgan “Birinchi muhabbatim”, “Xatolaring kerak ularga”, “Sen bahorni sog’inmadingmu” kabi qo’shiqlarni ijro etishdi.

“Metallurg” MS badiiy dastlarining raqqosalari tomonidan ijro etilgan go’zal va jozibador raqslar esa tomshabinlarga  a’lo kayfiyat bag’ishladi.

Zahriddin Mahmutaliyev,

OKMK TV muxbiri

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech