A- A A+

Yangiliklar

Konchilar savollariga batafsil javob olishdi

on .

Kuni kecha Qalmoqqir kon boshqarmasida kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan sex rahbarlari hamda ishchi-xodimlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqot avvalida boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Ozod Abdurayimov joriy yil 11 noyabr kuni “O’zbekistonda kasaba uyushmalari xodimlari kuni sifatida nishonlash to’g’risida”gi Qonun qabul qilinganligi va mazkur hujjatning qabul qilinishi kasaba uyushmalari tashkilotlarini eng avvalo, ma’naviy qo’llab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga xizmat qilishi to’g’risida ma’lumot berib o’tdi. Bu o’z o’rnida mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirishga katta ahamiyat berilayotganligini bildiradi.

- Ma’lumot uchun, shuni aytib o’tish kerakki, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSH, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Frantsiya, Xitoy, Shveytsariya kabi davlatlarda, shu jumladan, Qozog’iston, Qirg’iziston kabi MDH davlatlarida nishonlanib kelinmoqda, - deydi Ozod Abdurayimov. - Endilikda bu bayram O’zbekistonda ham nishonlanishi Qonun bilan belgilab qo’yildi.

Bugungi kunda eng yirik jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat ko’rsatib kelayotgan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 32,8 ming boshlang’ich tashkilotlarni birlashtiruvchi 14 ta tarmoq kasaba uyushmalari mavjud. Kasaba uyushmalariga a’zolarning soni 5,5 millionda ortiq bo’lib, ulardan 2,4 milliondan ziyodi ayollar va 1,8 millionga yaqini yoshlar hisoblanadi.

Shuningdek, qo’mita raisi ochiq muloqot davomida ichki mehnat tartib- qoidalari, Jamoa shartnomasi, Mehnat kodeksiga ham to’xtalib, huquqiy maslahatlar bilan bir qatorda kasaba uyushmasi qo’mitasining huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar ham berib o’tdi. Va jamoaning har qanday murojaatiga tayyor ekanligini bildirdi. Ochiq savol-javoblar tarzida o’tgan yig’ilishda ishtirokchilar mehnat shartnomasi, kafolatli to’lovlar va kompensatsiya to’lovlari, ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar, mehnat nizolarini hal etish borasidagi savollariga kasaba ushmasi qo’mitasi raisidan batafsil javob olishdi.

Abbos TURSUNOV,

Qalmoqqir KB Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech