"Metallurg" madaniyat saroyi
"Metallurg" madaniyat saroyining ish faoliyati milliy fikrlash va mafkurani kengaytiriish va takomillashtirish, istiqlol ruhini shakllantirish, sog’lom avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, madaniy dam olish, ish va o’qishdan bo’sh vaqtni foydali o’tkazishni tashkillashtirishga yo’naltirilgan.
"Metallurg" MSda vokal, xoreografiya, tasviriy san'at, sirk san'ati yo’nalishlari bo’yicha 26ta badiiy havaskorlik to’garaklari faoliyat yuritmoqda, shundan: 16ta kattalar va 10ta bolalar uchun to’garaklar bo’lib, 590 nafar bolalar shug’ullanadilar.