A- A A+

Ustav fondi

Jamiyat Ustav fondi baholangan qiymati mol-mulk va davlat korxonalarining qayta ko’rilgan boshqa aktivlarni, Jamiyat aksiyalari nominal bahosi teng ulushlari ko’rinishida taqsimlangan narxlarda aksiyadorlar baholangan qiymatdan tashkil etadi.

Jamiyat Ustav fondining miqdori 379 127 882 (uch yuz etmish to'qqiz million bir yuz yigirma yetti ming sakkiz yuz sakson ikki) dona aksiyalarga boʻlingan 1 483 906 530 148 (bir trillion to'rt yuz sakson uch milliard to'qqiz yuz olti million besh yuz o'ttiz ming bir yuz qirq sakkiz) soʻmni tashkil qiladi hamda, shu jumladan:

            - davlat ulushi98,81 foizi, ya’ni jami 1 466 296 990 124 (bir trillion to'rt yuz oltmish olti milliard ikki yuz to'qson olti million toʻqqiz yuz to'qson ming bir yuz yigirma to'rt) soʻmlik, 374 628 766 dona oddiy aksiyalarga boʻlingan;

            - jismoniy va yuridik shaxslar ulushi - 1,19%, 17 609 540 024 (o'n yetti milliard olti yuz toʻqqiz million besh yuz qirq ming yigirma to'rt) soʻmlik 4 499 116 dona imtiyozli aksiyalarga boʻlingan (joylashtirilgan).

Jamiyatning Ustav fondi qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan qonunchilikda va ushbu Ustavda belgilangan tartibda koʻpaytirilishi mumkin.

Jamiyat har birining nominal qiymati 3 914 soʻm boʻlgan egasining nomi yozilgan oddiy va imtiyozli 379 127 882 dona naqdsiz aksiyalarni chiqarishni amalga oshirgan, jumladan:  

  • 374 628 766 dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar;
  • 4 499 116 dona egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar.

Jamiyat joylashtirilgan aksiyalariga qoʻshimcha ravishda nominal qiymati 3 914 soʻm boʻlgan 766 479 306  donadan iborat, jami 3 000 000 003 soʻmlik e’lon qilingan oddiy aksiyalar hamda 20 246 022 dona 79 242 930 108 soʻmlik imtiyozli aksiyalar joylashtirish huquqiga ega.

Aksiyalar egasi bo’lgan har bir Jamiyat a'zosi mazkur ustavdan belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo’lib, u aksiyador deb nomlanadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech