• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Kooperatsiya yo’nalishidagi hamkorliklar

O’zbekiston Respublikasi korxonalariaro kooperatsion hamkorlikni rivojlantirishning muhim omili bo’lib 2015-2019 yillarga mo’ljallangan tayyor mahsulot, butlovchi qism va materiallarni ishlab chiqarish bo’yicha mahalliylashtirish Dasturining ishlab chiqilishi va tadbiq etilishi, shuningdek 2015-2019 yillarga mo’ljallangan ishlab chiqarishni tarkibiy takomillashtirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar Dasturlari xizmat qildi.

Import hajmi va tarkibini  tizimli tahlil qilishni hisobga olgan holda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, raqobtabardosh, eksportbop mahalliy  mahsulot chiqarish hajmini ko’paytirish, taramoqlararo va ichki tarmoq sanoat kooperasiyasini  rivojlantirish va mustahkamlash mamlakat iqtisodiyotining yuqori o’sish sur'atlarini saqlab turish imkonini beradi.

“Olmaliq KMK” AJ mamlakatimiznig korxonalariaro, shu jumladan o’rta va kichik bisnes sub’ektlari o’rtasida kooperasion aloqalarni rivojlantirish maqsadida maqsadliyo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, xususan sanoat tarmoqli va xalqaro yarmarkalarda ishtirok etib kelmoqda, o’zaro hamkorlik yuzasidan takliflarni muhokama etish uchun tadbirkorlarni qabul qiladi, kombinatning korparativ portalida import qilinadigan mahsulotlar ro’yxatini jylashtiradi va doimiy ravishda yangilab boradi va h.q.

Bugungi kunda bu borada olib borilayotgan ishlar ko’pchilik ishlab chiqarish korxonalarining,  kichik biznes sub'ekti yoki yirik sanoat majmuasi bo’lishidan qat'iy nazar,  uarning  rivojlanish strategiyasining muhim qismi bo’lib qolmoqda. Buning natijasida kichik korxonalarga barqaror buyurtmalar, yirik korxonalarga esa valuta mablag’larini iqtisod qilishga imkoni  yartilmoqda.

Bunday yarmarkani tashkil etishdan maqsad xom-ashyolarni, materiallar va butlovchi qismlar, yangi mahsulotlar va sanoatni kooperasiyasini  rivojlantirish asosida yangi mahsulotlar joriy qilish, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar xo'jaliklar bilan hamkorlik masalalarini kengaytirishdir. 

X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasining natijalariga ko'ra "Olmaliq KMK" AJ 2017 yil uchun 172 ta umumiy qiymati 227,9 mlrd. so'mlik shartnomalarni imzoladi, bu o'tgan yilga nisbatan 23,5% ko'proqdir.

2017 yilda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi davomida imzolangan shartnomalar bo’yicha kombinat tomonidan turli xil tovar-modiy boyliklar, shular jumlasida jihozlarning butlovchi va ehtiyot qismlari, texnologik maqsadlar uchun xom-ashyo materiallari, qurilish materiallari, elektrotexnik mahsulotlar, shaxsiy himoya vositalari va shular kabilarni xarid qilish rejalashtirilgan.

Korxonaning nomi Mahsulotlarning  nomlanishi
"Sredazpodshipnik" QK MChJ Podshipniklar
"Toshkent quvur  zavodi" QK VGP quvurlari
"O'zelektroapparat-Elektroshield"  AJ MChJ Elektrotexnika asbob-uskunalari
"Ogneupor" MChJ TIChB Silliqlangan aylana, kislotabardosh kukun KU, olovbardosh buyumlar
"UzTelmash" MChJ Elektrodvigatellari
"SUVMASH" AJ Nasoslar va e/q
"NUR-RAVSHAN" MChJ Maxsus kiyim
"Jeldorkolodka" MChJ Tormoz kolodkalari
"Kurama-Vostok" XK Respiratorlarga butlovchilar
"Samarkand burg’ulash asboblari" AJ Koronkalar

Yuqorida sanab o’tilga korxonalar bilan uzviy aloqalar natijasida  so’nggi yillarda kombinat buyurtmalari ikki baravarga  ortdi.

Kombinat  ichki tarmoq kooperasiyasini kengaytrib bormoqda, xususan, misol uchun "O’zmetkombinat" har yili kombinatga maydalash sharlari yetkazib beradi, shu vaqtning o’zida   "Olmaliq KMK" AJ "O’zmetkombinat"ni  turli qotishmalarni olish uchun mis katodi bilan  ta'minlaydi.

Shuningdek, kabel-o’tkazgich sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi  korxonalar, masalan, "O’zkabel" korxonasi  uzluksiz ravishda kombinatning yuqori sifatli mis mahsuloti bilan ta'minlanadi. Dastgohlar va ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilar bilan ham shartnomalar tuzilmoqda, ular qatoriga "Navoiy KMK" DK kiradi, o’z navbatida  ushbu korxonaga mis kuporosi ortib jo’natiladi va h.k.  

Text to speech